Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti (KIUF)ning ikki talabasi birgalikda o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bu haqda bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismiga 2021 yil 30 dekabr kuni kelib tushgan murojaatga ko‘ra, H.D. ismli qiz (2003 yilda tug‘ilgan) va I.S. ismli yigit (2002 yilda tug‘ilgan) shaharning «Afrosiyob» mahallasi hududida joylashgan «Far Barchinoy tilagi» fermer xo‘jaligi dala yer maydonining 21-konturidagi tut daraxtiga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida olingan oziq-ovqat mahsuloti (tovuq go‘shti) iste’mol uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekani, tarkibida biror-bir bakteriya mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun viloyat SEO va JSBga yuborilgan.
Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh suitsidologining tahlil xulosasida yetarli ma’lumotlar yo‘qligi uchun noaniq sababli sodir etilgan klaster (kengaytirilgan) ko‘rinishdagi chin suitsid degan xulosaga kelingan.
Psixologik-psixiatrik ekspertiza xulosasida S.I. va D.H. so‘nggi kunlarda emotsional holatda bo‘lgani keltirilgan. Ularning ota-onalari va yaqin insonlari bilan o‘rtalaridagi munosabat, ijtimoiy-psixologik inqiroz suitsidga olib kelgan autoagressiv harakatni keltirib chiqargan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida marhumlarning kursdoshlaridan tushuntirish xatlari olingan. Shuningdek, ularning voqea sodir etilgunga qadar bo‘lgan harakatini aniqlash maqsadida jamoat joylaridagi videokuzatuv kameralar ko‘zdan kechirilgan. Ammo D.X. va S.I. tasvirga tushgan kadrlar aniqlanmagan.
Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, marhumlarning vafot etgani bo‘yicha jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Shunga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi