Ijtimomiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi xonadonlardan birida bosqinchilik sodir bo‘lgani, ushbu jinoyatga qo‘l urgan shaxslar orasida IIB mansabdori borligi haqidagi xabarlarga na Ichki ishlar vazirligi, na prokuratura munosabat bildirdi.
Hatto IIVning serhissiyot matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ham jim?!
Mas’ullar sukutdan nariga o‘tolmayotgan bir paytda Xabar.uz o‘z manbalari orqali holatga oydinlik kiritishga urindi va bunga qisman muvaffaq bo‘ldi.
Huquqni muhofza qilish idoralaridagi manbamizga ko‘ra, darhaqiqat, joriy yilning 3 aprel kuni Zangiota tumanida bosqinchilik yuz bergan. Ya’ni, tumanning Bodomzor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyiga tunda uch nafar niqoblangan shaxs bostirib kirgan. Va ushbu xonadonda vaqtincha yashab kelayotgan ikki nafar talabani o‘ldirish bilan tahdid qilib, ularga kuch ishlatgan holda oyoq-qo‘llarini skotch bilan bog‘lab, xonadon egasiga tegishli naqd 70 (yetmish) ming AQSH dollarini qo‘lga kiritishgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ushbu jinoyatda gumon qilinib, uch nafar shaxs qo‘lga olingan. Eng dahshatlisi, ularning ikki nafari IIB xodimi bo‘lib chiqqan. Ya’ni, gumondorlardan biri Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahar IIB boshlig‘ining (ishlab turgan) o‘rinbosari bo‘lsa, ikkinchisi shu viloyat IIB JQB bo‘limida ishlagan. Uchinchi gumondor ilgari sudlangan, hech qayerda ishlamaydi.
E’tiborlisi, IIB xodimlari allaqachon qo‘lga olingan, ulardan birining xonadonidan bosqinchilik bilan qo‘lga kiritilgan pulning o‘ttiz ming AQSH dollaridan ko‘prog‘i topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. Ularning hamtovog‘i esa qochib ketishga ulgurib qolgani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas