
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan Matiz yonib ketdi, deya xabar bermoqda poytaxt IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 29 aprel kuni soat taxminan 10:00 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasi 97-uy qarshisida haydovchi Y.F. Matiz avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Shu sabab yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Oqibatda transport vositasining old qismida yong‘in sodir bo‘lgan. YTH va yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar