Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekistonda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun «Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi» ta’sis etildi. Bu haqda SSV xabar qildi.
Qayd etilishicha, stipendiya bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga beriladi. U har bir tibbiyot oliy ta’lim muassasasining 5 nafargacha nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.
Ushbu stipendiyaga nomzodlarni saralash haqidagi e’lon tanlov o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin matbuotda e’lon qilinadi. Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy o‘quv yurtining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etiladi.
Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgach, vazir buyrug‘i asosida beriladi. Stipendiya miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas