Ijtimoiy tarmoqlarda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vazirlikka Prezident administratsiyasi tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini tugatish hamda boshqa masalalarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirig‘i berilgan. Ayni paytda vazirlik har tomonlama tahlil o‘tkazish va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlarini optimallashtirish bo‘yicha mas’ul boshqarma va idoralardan, jumladan, hududiy boshqarmalardan takliflarni yig‘ish, shuningdek, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda barcha mexanizmlarni batafsil ishlab chiqishni rejalashtirilgan.
Bugungi kunda qaror loyihasi ishlab chiqilish jarayonining endi boshlanganini inobatga olib, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari qanday o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.
MTV tuman bo‘limlarini optimallashtirishda barcha xodimlarning, butun tizimning manfaatlari, shuningdek, har bir hududning alohida o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishini kafolatlaydi. Ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasi ham qaror loyihasini ishlab chiquvchilar tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, amaliyotda, har qanday takliflar hududlardan birida tajriba-sinov tariqasida o‘tkazilgandan keyin respublika miqyosida joriy etiladi.
Tuman bo‘limlarini optimallashtirish natijasida joylarda yanada samarali boshqaruv tizimi tuzilib, maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish va korrupsiya omillarini kamaytirishga qaratiladi. Bu qadam 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2017 yilda qabul qilingan Ma’muriy islohotlar konseptsiyasiga muvofiq bo‘lib ma’muriy islohotlarning bir qismi hisoblanadi.
«Mavjud tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari o‘rniga paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday mahalliy boshqaruv shakllarining ish mexanizmlari, tuzilishi va vazifalari to‘g‘risida aniqroq tushunchaga ega bo‘lmaguncha, shoshilinch xulosalar qilmaslikka chaqiramiz», — deyiladi vazirlik munosabatida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas