
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Toshkentning Shayxontohur tumanida yosh bola ko‘p qavatli uyning 11-qavatidan tushib ketib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Daryo» so‘roviga asosan ma’lum qilishicha, voqea 1 may kuni yuz bergan. 2020 yilning noyabrida tug‘ilgan o‘g‘il bola onasi uy ishlari bilan band bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolib ketgan.
Bola ochiq qolgan, himoya to‘sig‘i bo‘lmagan uy oynasi oldidagi divan ustida o‘ynab turganida shu joydan pastga tushib ketib, voqea joyida vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar