00:23 / 02.05.2022
983

DXX Samarqandda 5 kiloga yaqin giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX Samarqandda 5 kiloga yaqin giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi
Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati
Samarqand viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumanida narkotrafikka qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 5 kiloga yaqin giyohvandlik moddalari aylanmasiga chek qo‘yildi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, tadbirda tumanda yashovchi S.S. ( 2003 yilda tug‘ilgan) boshqa bir fuqaroga 600 dollar evaziga 6,76 gramm geroin sotayotganida qo‘lga olingan.

Tadbir davom ettirilib S.S.ning yashash xonadonida bo‘lgan 957,53 gramm geroin, 2 kilogramm 614,51 gramm opiy, 285,6 gramm gashish va 758,5 gramm marixuana giyohvandlik vositalari olib qo‘yilgan.

Shuningdek, S.S.ning jinoiy sherigi, Urgut tumanida yashovchi X.A.ning (1976 yilda tug‘ilgan) yashash manzilida 2,84 gramm opiy giyohvandlik moddasi saqlab kelgani aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida jami 4 kilogramm 628 gramm giyohvandlik vositalari tarqalishiga chek qo‘yilgan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Samarqandda 5 kiloga yaqin giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi