
Foto: «Postda.uz»
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida intellektual IP-kamera o‘rnatildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bunday kamera yong‘in kabi xavfli vaziyatlarni yuqori aniqlikda aniqlash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkoniga ega.
Vazirlik xabarida qayd etilishicha, loyiha «Xavfsiz turizm» dasturi doirasida ATK vazirligi hamda Toshkent viloyati IIB Xavfsiz turizm boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u favqulodda vaziyatlarda tezkor chora ko‘rish imkoniyatini, xodimlar ishi samaradorligini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha yil avval Toshkentdagi 12 ta baland qavatli binoga yong‘inni payqaydigan kameralar o‘rnatilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar