953
Komil Allamjonov: “Matbuotga kamroq xalaqit berilsa, bundan-da yuqoriga ko‘tarila olamiz”
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Allamjonov O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida keskin ko‘tarilganiga munosabat bildirib, jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlab chiqdi. “Erkinlik, ozodlik faqat kurashlar orqali qo‘lga kiritiladi. [...] Agar hafsalamizni pir qilsak, qo‘rqsak, inson qadri bu yurtda hech qachon baland bo‘lmaydi. Inson huquqlari, adolat yo‘qoladi”, dedi Mass-media fondi rahbari. Saida Mirziyoyeva reytingda yuqorilash tan olinish ekani bilan birga, mas’uliyat yuklashini ham ta’kidladi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 133-o‘ringa chiqqaniga munosabat bildirdi.
“Bugun “Chegarasiz reportyorlar” so‘z erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida O‘zbekiston o‘z ko‘rsatkichlarini 24 pog‘onaga yaxshilab, 157-o‘rindan 133-o‘ringa ko‘tarildi. Bu degani, agarda matbuotga kamroq xalaqit berilsa, bundan-da baland natijaga ko‘tarilish uchun imkoniyatimiz bor.
Prezident aytganlaridek, ortga yo‘l yo‘q! Faqat oldinga!” – deya yozdi Allamjonov Telegram-kanalida.
Fond rahbari, shuningdek, jurnalist va blogerlarga murojaat qildi.
“Jurnalist va blogerlarga murojaat qilib shuni aytmoqchimanki, erkinlik, ozodlik faqat kurashlar orqali qo‘lga kiritiladi. Shunday ekan, qo‘lingizni aslo tushirmang, hurmatli hamkasblar. Biz agar hafsalamizni pir qilsak, qo‘rqsak, inson qadri bu yurtda hech qachon baland bo‘lmaydi. Inson huquqlari, adolat yo‘qoladi. Chunki matbuot vaksinasi quturishga qarshi eng samarali vositadir. Ayrimlarning tishlashiga yo‘l qo‘ymaylik. Huquqiy bilimimizni oshiraylik. Millatimiz, farzandlarimiz ertangi kuni uchun ham tinmaylik. Haqiqiy 4-hokimiyatga aylanaylik. Hammasi o‘z qo‘limizda. 3 may muborak!”
3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan media sohasi vakillarini Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham tabrikladi.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
“Aziz hamkasblar, sizlarni qo‘shaloq bayram – Xalqaro matbuot erkinligi kuni va mamlakatimizning “Chegara bilmas muxbirlar” reytingida 24 pog‘ona yuqoriga – 157-dan 133-o‘ringa ko‘tarilgani bilan tabriklayman!
Biz olti yil davomida ushbu saytda yashil ko‘rsatkich harakatini kuzatib bordik va har qanday kichik yutuqqa ham quvondik. Bugun esa keskin ko‘tarildik.
Xalqaro vaziyatni inobatga olgan holda, bu nafaqat g‘urur va xalqaro hamjamiyat tomonidan sa’y-harakatlarimizning e’tirof etilishiga sabab, balki keyingi rivojlanish uchun javobgarlikni anglashga turtkidir.
Biz top 5 talikka kirib, tabassum bilan hozirgi 133-o‘rinni eslaydigan kun kelishini kutib qolaman. Tabriklayman!” “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas