12:49 / 06.05.2022
1 412

Surxondaryoda 40 dan oshiq xonadonni kuchli sel bosdi, 230 nafardan ziyod odam evakuatsiya qilindi

Surxondaryoda 40 dan oshiq xonadonni kuchli sel bosdi, 230 nafardan ziyod odam evakuatsiya qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 5 may kuni soat 23:00 larda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida “Mustaqillikning 22 yilligi” MFYga qarashli Toshtepa qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi O‘rta ariq kanalida suv miqdori me’yoridan oshib ketishi natijasida kanaldan toshib chiqqan. So‘ng kanalga yaqin joylashgan 40 ga yaqin aholi uylari, tomorqalari va Dehqon mahallasida 15 ta aholi tomorqalariga kirgan.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshtepa qishlog‘idagi 40 ta xonadonda yashovchi 230 dan ortiq fuqaro viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, ichki ishlar, Milliy Gvardiya hamda viloyat hokimiyati mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabiga vaqtinchalik ko‘chirib o‘tkazilgan.

Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohat olishi holatlari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Vaziyat to‘liq FVV nazoratida.

Qayd etilishicha, hozirda voqea joyida xonadonma-xonadon yurib, holatning ko‘lami va talafotlarni aniqlash, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

2022 yil 3 may kuni yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida kuchli sellarni keltirib chiqardi. Sel yengil mashina va chorva mollarini oqizgan. Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli elektr liniyasi temir ustunini yiqitgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 40 dan oshiq xonadonni kuchli sel bosdi, 230 nafardan ziyod odam evakuatsiya qilindi