Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi zapravkalarning birida qimor o‘yinlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv tezkor xodimlari tomonidan Mirzaobod tuman «Mirzo Ulug‘bek» mahallasi hududida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etib, qimor o‘ynashga kelgan shaxslar o‘zlari bilan olib kelgan giyohvandlik vositalarini iste’mol qilayotganliklari to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 6 may kuni soat 21:45 larda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda mahalla hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida M-34 avtoyo‘lining chetida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasidagi ma’muriy binosiga xolislar ishtirokida kirilib, binoning dam olish xonasi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida fuqaro A. va uning tashabbusi bilan 6 nafar shaxs qimor o‘ynayotgani aniqlangan.
Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu zapravka xonasidan qimor o‘yin uchun tikilgan jami 7 million so‘m, 1 050 AQSH dollari va 3 litr shisha idishda alohida o‘yin tashkilotchi uchun deb ajratilgan 1 million miqdordagi pullarni ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi