Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqandda propan gaz ballonida «opiy» saqlagan giyohvandfurushlar qo‘lga olindi, ballondagi gaz portlashidan olgan jarohat ularni fosh qildi.
Tojikiston Respublikasining Dushanbe va Boxtar shaharlarida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan D.O. hamda S.S.lar propan gaz balloni ichiga yashirincha joylashtirilgan «opiy» giyohvandlik moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tishadi va sotish maqsadida Urgut tumanida yashovchi tanishi, 1979 yilda tug‘ilgan M.F.ning yashash xonadoniga kelishgan.
Ular propan gaz balloni ichidan giyohvandlik moddalarini olayotganida gaz chaqnashi oqibatida kuyib, tuman shifoxonasiga borishadi. Tez orada gaz ballonida yana nimalar borligi ma’lum bo‘ladi...
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida propan gaz balloni ichida sellofan paketga o‘ralgan 244,19 gramm «opiy» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirildi.
Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi