4 879
«O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi a’zolariga har yili budjetdan subsidiya ajratiladi
Prezidentning “Respublikada asalarichilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish va asalarichilik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmalarining:
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mevali bog‘larni asalari yordamida changlatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalarga asosan har bir asalari oilasi uchun changlatish mavsumida oyiga bazaviy hisoblashning 40 foizi miqdorida subsidiya berish;
“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi a’zolariga har yili asalari qishlovi davrida (oktabr-aprel) ozuqa sotib olish uchun har bir asalari oilasiga bazaviy hisoblashning 30 foizi miqdorida davlat budjetidan subsidiya ajratish;
uyushmaga a’zolik badalini har bir asalari oilasi uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdori 7 foizi etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
Moliya vazirligi asalarichilik xo‘jaliklarining qishlov davri xarajatlarini qoplash uchun har yili Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar hisob-kitoblariga asosan davlat budjetidan subsidiya ajratadi;
mevali bog‘larni asalari yordamida changlatish tadbirini o‘tkazish xarajatlarini qoplash uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi va “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan asalari oilalarini joylashtirish dislokatsiyasi va hisob-kitoblariga o‘rnatilgan tartib asosida subsidiyalar ajratiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan birgalikda asalarilar joylashuv dislokatsiyasi konturlar kesimida aks etadigan dastur ishlab chiqish va ushbu dastur orqali kimyoviy ishlov berilayotgan hudud bo‘yicha besh kun oldin preparatlar tirik mavjudotlarga zarari, ta’sir radiusi hamda zarur himoya choralari to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirgan holda ogohlantirib borish tizimini joriy etadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) asalari boqish orqali kamida 100 ta xonadonda daromad manbaini tashkil etgan asalarichilik kooperatsiyalari 2022 yil 1 iyuldan boshlab uch yil muddatga daromad solig‘i va mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
b) asalarichilik xo‘jaliklariga bahor va yoz mavsumi davomida asalari oilalarini qo‘shni mamlakatlarga «vaqtincha olib chiqish» bojxona rejimida ko‘chirib chiqarishga ruxsat beriladi;
v) 2025 yil 1 yanvarga qadar:
«vaqtincha olib chiqish» bojxona rejimida qo‘shni mamlakatlarda yig‘ib olingan asal mahsulotining har bir asalari oila uchun 50 kilogrammdan oshmagan qismini respublika hududiga olib kirishda asalarichilik xo‘jaliklari bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi;
o‘z ehtiyojlari va boshqa asalarichilik sub’ektlariga yetkazib berish maqsadida import qilinadigan asalni qayta ishlash va qadoqlash asbob-uskunalari, asalarichilik inventar va uskunalari, asalari uyalarini tashish tirkamalari, asalari uyasini ishlab chiqarish uchun yog‘och, materiallar, penopoliuretan, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Mazkur qarorda nazarda tutilgan tovarlar importi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 50 foizga pasaytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi