07:30 / 13.05.2022
2 846

Toshkentda «Qahva va choy—2022» festivali o‘tkaziladi

Toshkentda «Qahva va choy—2022» festivali o‘tkaziladi
Toshkent shahridagi Moviy gumbazlar xiyobonida 13 may kuni «Qahva va choy—2022» birinchi festivali (Tashkent Coffee & Tea Festival 2022) boshlanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 15 mayga qadar davom etadigan ushbu anjumanda qahva, salqin ichimliklar, kakao, smuzi va boshqa mualliflik ichimliklari namoyish etiladi. Bundan tashqari, festival doirasida o‘tkaziladigan Tea&Coffee Expo ko‘rgazmasidan O‘zbekistonning eng yaxshi qahva qovuruvchilaridan qahva donalarini xarid qilish mumkin bo‘ladi. Yangi ish boshlagan tadbirkorlar esa o‘z qahvaxonasi uchun franshiza xarid qilishi mumkin.

Tadbirda sohaning eng so‘nggi yangiliklari va qahva damlash uchun aksessuarlar ham namoyish etiladi. Shuningdek, feltival dasturdan seminarlar, ma’ruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi to‘g‘risidagi davra suhbati va boshqa ko‘plab tadbirlar ham o‘rin olgan.

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston baristalar uyushmasi va «Makon» telekanali hamkorligida tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Qahva va choy—2022» festivali o‘tkaziladi