12:43 / 13.05.2022
5 169

«Poraxo‘rlarning hammasini qamab, tugatib bo‘ladimi?» — Shavkat Mirziyoyev

«Poraxo‘rlarning hammasini qamab, tugatib bo‘ladimi?» — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyat faollar yig‘ilishida davlat xaridi bo‘yicha bug‘doyning narxi oshirilganiga izoh berib o‘tdi.

Bozor hammasini hal qiladi. Biz bug‘doy uchun fermerga bir yarim million beryapmiz, bozor esa 4 million taklif qilyapti. O‘rtadagi farqni kim olyapti? O‘rtakashlar olyapti, poraxo‘rlik ko‘paymoqda.

Poraxo‘rlarning hammasini qamab, tugatib bo‘ladimi? Biz eng avvalo tizimni sog‘lomlashtirishimiz kerak. Mana, paxta muammosi hal bo‘ldiku, bug‘doy ham hal bo‘ladi.

Besh yil chidadim, ammo iqtisodiyotni bunday rivojlantirib bo‘lmaydi. Davlat va bozor narxi o‘rtasida tafovut bo‘lmasa, hammasi joyiga tushadi. Dehqon manfaat ko‘rgandan keyin urug‘likni ham o‘zi topadi, bug‘doyga ham yaxshi qaraydi.

Kam ta’minlanganlarga yordam beramiz, albatta. Temir daftar asosida ish yuritamiz
, — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Poraxo‘rlarning hammasini qamab, tugatib bo‘ladimi?» — Shavkat Mirziyoyev