Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida folbin va uning qizini o‘ldirgan yigit ushlandi. Bu haqda «Markaziy studiya» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, folbin yigitga «Sen yaqinda o‘lasan. Agar 500 dollar bersang, bir yo‘lini qilib beraman» qabilida gap aytgan. Gumonlanuvchi yigit 100 dollar keltirgan, ammo u bu pul kamligini aytgan. Shunda yigitning jahli chiqib, folbin va uning qizini o‘ldirib qo‘ygan.
«Bolam biror marta ichmagan, chekmagan. Bunday ish qilishiga ko‘zim yetmaydi», — deydi onasi. Otasi esa o‘g‘lining tinmay ishlashi, ko‘chaga chiqmasligi, spirtli ichimlik ichmasligi, birov bilan urushadigan bola emasligini aytgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi