Foto: Agro.uz
Surxondaryo viloyatida «Ozodbek Munisabonu» xususiy korxonasiga tegishli 32 gektarlik anor bog‘i orasiga 22 gektar maydonda ekilgan qovunning «Dakaro» navi pishib yetildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda u ichki bozorga chiqarilyapti. Shuningdek, xorijga eksport qilish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Surxondaryo iqlimiga mos ushbu qovun navi mart oyida ekilib, may oyida hosilga kirdi. Shu kungacha uch marta o‘g‘itlanib, to‘rt marta sug‘orildi. Qovun vazni o‘rtacha 2–2,5 kilogrammgacha yetadi. Qovun ekilgan maydonda egat oralariga plyonka yopilgan. Bu usulda namlik yaxshi saqlanadi hamda ildizi qurib qolishini oldini oladi.
Respublikada har yili o‘rtacha 60 ming gektardan ortiq maydonga poliz ekilib, shundan 60–65 foizni tarvuz, 35–38 foizni qovun egallaydi.
Qovun yetishtirishda yuqori toifa va sinflarga mansub, navdorligi 99 foiz va unuvchanligi 90–95 foizdan kam bo‘lmagan urug‘ ekiladi. Qovunning urug‘i 14–16 daraja iliq haroratda una boshlaydi. Harorat bundan pasayganda urug‘lar yerda chirib qoladi, siyrak unib chiqadi.
Qovunning o‘sib rivojlanishi uchun qulay harorat 25–30 daraja issiq harorat hisoblanadi. Harorat 12–15 iliqqacha pasaysa, ekinlarning guli to‘kilib ketadi, ular o‘sishdan to‘xtaydi va sekin-asta qurib qoladi.
Qayd etilishicha, mahalliy qovunlarning tarkibida 85–92 foiz suv, 8–15 foiz quruq modda, 0,8 foiz oqsil, 1,8 foiz kletchatka, 6,2 foiz boshqa uglevodlar, 0,9 foiz moy, 0,6 foiz kul, 20–30 foiz askorbin kislotasi, 0,03– 0,07 foiz boshqa darmondorilar, mikroelementlar, organik va mineral tuzlar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi