10:11 / 18.05.2022
1 307

Qashqadaryoda tomorqasida 50 tup kannabisni parvarishlab kelayotgan fuqaro ushlandi

Qashqadaryoda tomorqasida 50 tup kannabisni parvarishlab kelayotgan fuqaro ushlandi
Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 12 may kuni kannabis giyohvand moddasini parvarishlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, tumani IIB hamda tuman DXX xodimlari tomonidan «Qoradori-2022» tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi T.X. 2022 yil mart oyida Qamashi tumani Jonbuz qishlog‘i hududida vaqtincha yashash uyi tomorqasining yer maydoniga ishlov berib, giyohvandlik vositasi urug‘larini ekib parvarishlab, taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda yetishtirib kelayotgani aniqlangan.

Hujjatlashtirilib olingan yashil rangli o‘simlik tarkibida kannabinol, kannabidiol moddasi bor bo‘lgan. Ushbu ta’qiqlangan 50 tup kannabisning uzunligi 28 sm dan 55 sm gacha ekani, o‘simlikning nam holatdagi jami sof og‘irligi 165 grammni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda tomorqasida 50 tup kannabisni parvarishlab kelayotgan fuqaro ushlandi