Skrinshot: Facebook
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda maktabda o‘qiydigan qizlar boshqa bir qizni «samosud» qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Jizzax viloyati IIB holatga munosabat bildirib, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Videoda bir nechta o‘quvchi qizlar boshqa bir qizni o‘rtaga olib, kechirim so‘rashga majburlagani tasvirlangan. Aniqlanishicha, Jizzax shahri «Bog‘ishamol» mahallasida yashovchi, Jizzax shahridagi o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchisi M.N. ijtimoiy tarmoqda Sharof Rashidov tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi M.A. bilan muloqotga kirishgan.
O‘zaro yozishmalar chog‘ida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng M.N. va M.A. Jizzax shahridagi o‘quv markazida uchrashib, janjallashgan. Ushbu hodisaning tasvirlari ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketgan.
Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar