
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati
Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishichp, «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 93-kilometrida harakatlanib ketayotgan Gentra avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan Cobalt o‘quv mashinasi avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda Gentra haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Cobalt avtomashinasi haydovchi hamda yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar