Byuroning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan Farg‘ona viloyat Davlat soliq boshqarmasining qarzdor korxonadan davlat foydasiga jami 2.008.496.416 so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorlikni undirish haqidagi 25.11.2021 yilgi qaroriga asosan ijro ish yurituvi qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarishlik uchun 15 kunlik muddat berilgan.
Qarzdor ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabini bajarmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, bank muassasalaridagi hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari yuborilib, chiqish qismiga band solingan.
Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bir dona “Captiva” rusumli avtomashina mavjudligi va ushbu avtomashina AT “Hamkorbank” Qo‘qon filialidan olingan kredit uchun garovga qo‘yilganligi aniqlangan.
Davlat ijrochisi tomonidan 19.05.2022 yil kuni qarzdorning kredit to‘lovidan bo‘lgan qarzi to‘lanib, garov mulkiga qo‘yilgan ta’qiq bekor qilinganligi aniqlanib, soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzni undirish maqsadida qarzdorga tegishli avtomashina ro‘yxatga olinib, xatlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar