Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Natijada noqonuniy mayning fermalar faoliyatiga chek qo‘yilgan. Xususan, Guliston shahrida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs viloyat markazidagi noturar binolardan birini ijaraga olgan. U yerda yashirin ravishda elektr tarmog‘iga ulangan holda mayning qurilmalaridan foydalangan.
Oqibatda davlatga qariyb 532 mln. so‘m yetkazilgan. Tekshiruv davomida 19 ta mayning qurilmasi va boshqa moslamalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shunga o‘xshash yana bir holatda esa Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Gulistonda yashovchi va otasiga tegishli MCHJ binosida mayning qurilmalarini o‘rnatgan holda 40 ming dollar miqdorida kriptovalyuta ishlab chiqargani aniqlangan. Tekshiruv davomida elektr energiyasiga pul to‘lamasdan, davlatga 134 mln. so‘mdan ortiq zarar yetkazgan. 148 ta mayning qurilmasi musodara qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar