12:11 / 20.02.2015
6 896

AQSh va Britaniya maxsus xizmatlari mobil aloqaga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi

AQSh va Britaniya maxsus xizmatlari mobil aloqaga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi

AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi SIM-karta ishlab chiqaruvchi kompaniyaning shifrli kodlarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Intercept internet nashri AQShning sobiq Markaziy razvedka xizmati xodimi Edvard Snouden ma’lumotiga asoslanib xabar beradi.

O‘g‘rilik SIM-karta ishlab chiqaruvchi Niderlandiyadagi Gemalto asosiy zaxiralar mavjud kompaniyaning ichki tizimini buzish orqali amalga oshirilgan.

Operasiyada AQShning Milliy xavfsizlik agentligi xodimlari va ularning britaniyalik hamkasblari ishtirok etgan.
Jurnalistlarning fikricha, maxsus xizmatlar tomonidan o‘g‘irlangan mijozlarga oid ma’lumotlar orqali ularni dunyo bo‘ylab suhbatlarini kuzatish amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Gemalto kompaniyasi yiliga qariyb 2 milliard SIM-karta hamda kredit kartalari uchun zamonaviy chiplar ishlab chiqaradi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh va Britaniya maxsus xizmatlari mobil aloqaga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi