07:00 / 24.05.2022
1 338

Andijonda uch nafar shaxs YPX xodimi bilan janjallashib, ratsiyasi, nishoni va planshetini olib qo‘ydi

Andijonda uch nafar shaxs YPX xodimi bilan janjallashib, ratsiyasi, nishoni va planshetini olib qo‘ydi
Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatida haydovchi yo‘l-patrul xizmati xodimini o‘ldirish bilan qo‘rqitgani haqida xabar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat 15 may kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumani «O‘roqchitepa» mahallasida sodir bo‘lgan. Shu hududda xizmat olib borgan YPX xodimi U.Muxtorov tomonidan Captiva avtomobili haydovchisi to‘xtatilgan. Haydovchi Sh.X. (1979 yilda tug‘ilgan) Tico avtomobiliga tegishli bo‘lgan davlat raqam belgisini Captiva’ga o‘rnatib, boshqarib yurgani aniqlangan. Qoidabuzarlik holati bo‘yicha bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Shundan so‘ng oradan vaqt o‘tib, fuqaro Sh.X. tanishlari I.T. hamda Sh.Sh. bilan YPX xodimining yoniga kelgan. Xodim qonuniy chora ko‘rilganini tushuntirgan vaqtda fuqarolar u bilan janjallashib, ziddiyatli vaziyatni yuzaga keltirgan. Ular xodimga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan aloqa vositasi, ko‘krak nishon belgisi hamda planshet moslamasini olib voqea joyidan yashiringan.

Xodimning bildirgisi asosida tezkor xodimlarning aralashuvi bilan uchala fuqaro tuman IIBga olib kelingan. Ular tomonidan olib ketilgan vositalar qaytarib olingan.

Holat yuzasidan fuqarolar Sh.X., I.T. va Sh.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularning uchalasi ham ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda uch nafar shaxs YPX xodimi bilan janjallashib, ratsiyasi, nishoni va planshetini olib qo‘ydi