Foto: Fotolia
2022 yil 1 sentabrdan boshlab, xususiy sektordagi ayol xodimlarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi qisman davlat budjetidan to‘lanadi. Bunda davlat hisoblangan nafaqaning faqat minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga teng qismini to‘laydi, qolgani ish beruvchining zimmasida qoladi. 2024 yildan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ish beruvchining zimmasidan to‘liq olinadi.
Moliya vazirligi 2022–2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi loyihasini e’lon qildi.
Loyihaga ko‘ra, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilishi kutilmoqda. Jamg‘arma mablag‘lari, jumladan, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lashga yo‘naltiriladi.
Birinchi bosqichda, 2022 yil 1 sentabrdan boshlab budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi. Bunda, ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasining uning mehnat staji va ish haqidan kelib chiqib belgilangan miqdorining qolgan qismini to‘lash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda, 2024 yildan boshlab xo‘jalik korxonalarida rasmiy ishlovchi ayollarga umumiy ish staji va sug‘urtalangan staji hamda o‘rtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash va bu orqali ushbu xarajatlar ish beruvchi zimmasidan to‘liq olinadi.
Uchinchi bosqichda, 2025-2030 yillarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, ishsiz qolish nafaqasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatidagi sug‘urta to‘lovlari amalga oshiriladi.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi:
- dastlabki bosqichda davlat budjeti mablag‘laridan;
- keyingi bosqichda xodimlar tomonidan to‘lanadigan majburiy ijtimoiy ajratmalar, ijtimoiy soliq tushumining bir qismi va davlat budjeti mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga joriy yilda budjetdan 170 milliard so‘m ajratiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda norasmiy sektorda ayollar ulushi 57 foizni tashkil qiladi. Prezident huzuridagi yig‘ilishda buning sababi sifatida aytilgandiki, ko‘plab ish beruvchilar homiladorlik nafaqasini to‘lashda ortiqcha xarajat qilmaslik uchun ayollarni rasmiy ishga olmaslikka harakat qiladi.
Mas’ullarga 1 avgustga qadar “dekret” pullarini to‘lash jarayonini to‘liq raqamlashtirish topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi