Majburiy ijro byurosining Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Izboskan tumanlararo sudining 24.03.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Sanginovdan undiruvchi G.Ismoilova foydasiga bir nafar farzandi foydasiga moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor A.Sanginov 2021 yil noyabr oyiga qadarli jami 5.914.829 so‘m miqdordagi aliment to‘lovlarini to‘lamasdan, bo‘yin tovlab kelganligi sababli unga nisbatan sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qarzdor tomonidan 2021 yil noyabr oyida aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab kelganligi bo‘yicha ma’muriy jazoga tortilgan bo‘lsada, shu kunga qadarli aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelib, yashash manzilini norasmiy o‘zgartirib, yashirinib, ijro harakatlariga to‘sqinlik qilib kelgan.
20.05.2022 yilda davlat ijrochisi tomonidan fuqaro-qarzdor A.Sanginovga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qidiruv qarori boshqarmaning qidiruv sho‘’basiga yuborilgan.
Qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan 25.05.2022 yilda o‘tkazilgan “Tonggi qidiruv” tadbirlari natijasida qarzdor A.Sanginov Oltiariq tumani hududidan topilib, davlat ijrochisiga topshirilgan.
Endilikda unga nisbatan jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmokda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi