Yangi Namangan, Chilonzor va Baliqchi tumanlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Xususan, departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi va DXXning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida A.U. ismli shaxs fuqaro S.ni tanishlari orqali Namangan davlat universitetining psixologiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni 3-kursdan boshlashi evaziga 7 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Shuningdek, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat universiteti talabasi R.T. fuqaro A.ni Qirg‘izistondagi Zamonaviy xalqaro universitetga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini 2-bosqichdan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U o‘z xizmati evaziga 4 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa tuman tibbiyot kolleji talabasi G.X. fuqaro G.ni ushbu kollejga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”