
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkentning Yangihayot tumanida 1 gektar yer maydonini 1 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7 may kuni Toshkent shahar IIBB 40 yoshli fuqaro Sh. murojaat qilgan. U Yangihayot tumanidagi 1 gektar maydonini sotishni va’da qilgan ikki shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular kelishilgan pulning 200 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-modda (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar