Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt avtomobili yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB matbuot kotibining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 may kuni tumanning Navoiy shohko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lda Cobalt haydovchisi «Pastki Kalangar» mahallasida yashovchi 16 yoshli piyoda A.N.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
YTH natijasida piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”