O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xalqlar do‘stligi» saroyida 27—31 may kunlari «80–90 yillar xitlari» deb nomlangan retro konsert-dasturini taqdim qilmoqda. «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad konsert dasturi oldidan bo‘lib o‘tgan tayyorgarlik jarayonlarida mehmon bo‘ldi.
Yulduz Usmonovaning mart oyida o‘tkazilgan konsertida sahnada oxirigacha ko‘tarilmay qolgan parda tufayli tushunmovchilik yuzaga kelgan hamda xonandaning tomoshabinlarni tartibga chaqirgani muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Konsert bosh prodyuseri, Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev ushbu «parda voqeasi» unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirib berdi.
- "Oxirgi konsertdagi parda voqeasi menga juda qattiq ta’sir qildi. Bitta qiz «biz iste’molchimiz, bizning huquqimiz nima bo‘ladi?», dedi. «Siz iste’molchi bo‘lsangiz, konsertdan keyin keling, konsertdan so‘ng konsert zalidan uch yoki to‘rt qop baklajkalar chiqadi. Iste’molchi baklajkani nimaga konsertga olib kiradi, nimaga uni otadi?»
Aslida soat 19:00 da konsert boshlanishi kerak. Biz iste’molchilar joylashib olishi uchun 19:20, 19:30, 19:40 gacha konsert boshlamasdan, ularning o‘rnashib olishini kutamiz yoki kutgan boshqa san’atkorlarni bilamiz. Ikki soat atrofida konsert berish kerak bo‘lgan joyda, biz uch, to‘rt soatlab, talablarga binoan qo‘shiq aytamiz. Buni ham inobatga olish kerak, menimcha.
Konsert dasturimiz to‘liq jonli ijroda bo‘ladi. Zalda, orqada turganimda qizlar o‘ynab «gorka-gorka» deb baqiryapti. Bu qanaqa iste’molchi yoki kimning iste’molchisi? Fonogramma bo‘lsa, tugmani bosib qo‘yasiz, hech qanday baqir-chaqirga ahamiyat bermaysiz, konsertni tugatasiz, bo‘ldi. Biz esa yuz foiz jonli ijroda konsert taqdim qilamiz, bunday holatda har bir kishining har qanday ortiqcha tovushi, harakati, boshqa kishiga yoqmasligi yoki konsertda maza qilib o‘tira olmasligiga olib kelishi mumkin.
Konsertda Yulduz Usmonova bir qo‘shiqning mazmunini yoki qo‘shiq yaratilishi bilan bog‘liq voqeani aytib berayotgan vaqtida zaldan baqirib, «yonimizga keling», deyishadi. Albatta, bunday vaziyatda nafaqat xonanda, balki boshqa muxlislar ham chalg‘iydi.
Bir marta konsert tugagan vaqtda, bir ayol zaldan ketmayapti-da, «kelib yonimda qo‘shiq aytsin», deb turib olgan vaqtlar bo‘lgan. Bunchalik odamni iste’mol qilib yubormaslik kerak-da. Ikki tomonni ham o‘ylab, keyin xulosa qilish kerak.
«Biz iste’molchimiz», deyishadi, bo‘ldi, iste’molchi bo‘lsang, aniq tartib bilan barchaning harakat qilishini ta’minla, konsertga kech qolmasdan aniq vaqtida kel. Qarsak ikki qo‘ldan chiqadi. Amerikada konsertga kirdim. U yerda 19:01 bo‘lganida «siz kech qoldingiz», deb konsertga kiritishmadi. Yonimdagi odam gapirayotganda kelib, «gapirmang», deya ogohlantirib ketdi.
Jonli ijrodagi konsertni ham jonli tinglashni bilish kerak. Hech bo‘lmasa, konsertga kelgan bir iste’molchi boshqa bir iste’molchining iste’mol huquqini poymol qilmasdan, baqirmasdan, tinchgina tinglab ketishi kerak, deb o‘ylayman", - deydi Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”