08:30 / 30.05.2022
966

Samarqandda 2 kishiga «prava» olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab mas’ul xodimi ushlandi

Samarqandda 2 kishiga «prava» olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab mas’ul xodimi ushlandi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida haydovchilik guvohnomasi olish uchun fuqarolardan pul talab qilgan avtomaktab mas’uli ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB xodimlari Kattaqo‘rg‘on tumanidagi avtomaktablardan birida tekshiruv o‘tkazgan. Unda maktabdagi mas’ul shaxs fuqarolarning ishonchiga kirib, o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlardan qatnashmasdan, qisqa muddatda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Uning 2 nafar fuqaroga (39 va 47 yoshli) avtomaktabda o‘qiganlik haqidagi hujjatlarni tayyorlab, guvohnoma olib berish uchun 3 million so‘m pul so‘ragani ovoz yozish moslamasiga yozib olingan.

Fuqarolardan biri ariza bilan murojaat qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Tezkor tadbirda mas’ul shaxs fuqarodan 3 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 2 kishiga «prava» olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab mas’ul xodimi ushlandi