QS reyting agentligi rasmiysining qayd etishicha, OTMlarda malakali kadrlar yetishmasligi, O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni kamligi, OTMlar saytlarida chet tilida yetarlicha ma’lumotlar berilmasligi – universitet va institutlarning top 1000 talik ro‘yxatlarga kirishida muammo bo‘lmoqda.
QS reyting agentligining MDH bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida o‘tgan uchrashuvda OTMlarning xalqaro reytinglarga kira olmayotganiga sabab bo‘layotgan kamchiliklarni sanadi.
Sergey Xristolyubov reytingda O‘zbekiston milliy universiteti matematika sohasi bo‘yicha TOP-500 talikdan o‘rin olganini, yana 4 ta OTM bunga harakat qilayotganini e’tirof etgan holda OTMlarning top 1000 talikka kirishdagi muammolariga to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, reytingga kirishdagi eng katta muammo – OTMlarda malakali kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq.
“Agar o‘zbek OTMlarida xalqaro reyting agentliklari, Scopus va Web of Ssience tizimlari bilan ishlay oladigan guruhlar yetarli darajada shakllantirilsa, reyting ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatiladi.
Ikkinchi muammo esa bevosita olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarni chop etishda nufuzli nashrlarni tanlashi, tadqiqotlar natijadorligi hamda iqtiboslar bilan bog‘liq. Ushbu muammo nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida kuzatilmoqda. Ya’ni universitetlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning 10–15 foizigina nufuzli xalqaro nashrlarda tadqiqot natijalarini maqola ko‘rinishida e’lon qilmoqda”, dedi u.
Ekspertning qayd etishicha, O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalarning soni kamligi ham reytingga kirishdagi muammolardan biri.
“Biz dunyo miqyosida talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazganimizda, ular birinchi navbatda universitet sayti, ikkinchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va uchinchi o‘rindagina uning reytingdagi o‘rniga e’tibor qaratishlariga guvoh bo‘ldik.
O‘zbekiston OTMlarida esa qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. Xususan, mahalliy OTMlarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida chet tillaridagi, xususan ingliz tilidagi ma’lumot va yangiliklar yetarli emas. Bu esa OTMlar haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan xorijdagi o‘qituvchilar va talabalar uchun ma’lum darajada to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun Hukumat darajasida OTMlarga alohida yordam ko‘rsatilishi zarur”, dedi QS reyting agentligi rasmiysi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi