23:40 / 30.05.2022
3 015

«To‘rt kun amalga o‘tirib, qo‘ni-qo‘shningni tanimay qoldingmi?» — Zoir Mirzayev

«To‘rt kun amalga o‘tirib, qo‘ni-qo‘shningni tanimay qoldingmi?» — Zoir Mirzayev
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «limit yo‘q» deya bahona qilib, kredit berishni rad etib kelgan hokim yordamchisiga tanbeh berdi. Bu haqda hokimning shaxsiy Telegram kanalida ma’lum qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Zoir Mirzayevning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli paytida sodir bo‘lgan. Hokimlik axborot xizmati mas’ullarining axborot berishicha, mazkur qabul 2022 yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tgan.

Videodan anglashilishicha, Zoir Mirzayev fuqaro murojaatiga yechim izlab, mazkur ishga mas’ul hokim yordamchisi bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqot davomida hokim yordamchisi viloyat rahbariga murojaatchi fuqaro qo‘shnisi bo‘lishini, muammo olti oydan beri cho‘zilib kelayotganini aytgan. Bunga javoban Zoir Mirzayev «To‘rt kun amalda o‘tirib, qo‘ni-qo‘shningni tanimay qoldingmi», — deydi. Shundan keyin hokim yordamchisini qabuliga chaqiradi.

«Qabulda viloyat hokimi murojaatchi ayolning shikoyatini tinglab, olti oydan beri kredit ololmayotgani uchun murojaatchi yashovchi mahalladagi hokim yordamchisi Oybek Hamrobekov bilan suhbatlashdi. Muammoni yechish uchun mas’ulga kelasi juma — 2022 yilning 3 iyuniga qadar muddat berdi», — deydi hokimlik axborot xizmati mas’uli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «To‘rt kun amalga o‘tirib, qo‘ni-qo‘shningni tanimay qoldingmi?» — Zoir Mirzayev