14:56 / 01.06.2022
1 476

YHXB mas’uli: Xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchiga jarima belgilanmagan

YHXB mas’uli: Xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchiga jarima belgilanmagan
O‘zbekistonda haydovchining yonidagi yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmagani uchun qo‘llaniladigan jarimalar ijtimoiy tarmoqlarda kattagina bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar YHXB axborot xizmati katta mutaxassisi Shodmon Safarovning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchiga jarima belgilanmagan.

«Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 1 may kunidan boshlab kuchga kirdi. Ushbu qoidalarning 9-bandiga ko‘ra, konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqishi shartligi belgilab berilgan edi. Xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchiga nisbatan amaldagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, BHMning yarim barobari miqdorida (150 ming so‘m) jarima nazarda tutilgan.

Xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchi bo‘yicha qonunchilikka takliflar kiritilgan, ko‘rib chiqilmoqda. Ayni vaqtda xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchiga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi
», — deydi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YHXB mas’uli: Xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchiga jarima belgilanmagan