16:22 / 02.06.2022
1 123

Toshkentda yerusti metro yo‘nalishlari ostidagi yer maydonlari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi

Toshkentda yerusti metro yo‘nalishlari ostidagi yer maydonlari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi
«Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent metropolitenining Do‘stlik—Qo‘yliq yer usti metro yo‘nalishi 1–5 bekatlari oralig‘idagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:

- piyodalar va velosiped yo‘laklari;
- avtoturargohlar;
- aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar;
- bolalar va sport maydonchalari.

Hujjatga muvofiq yer usti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan tegishli yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilgan holda ularning yer usti metro yo‘nalishlari faoliyatiga ta’sir qilmaydigan qismi Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi.

Ushbu yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyga teng ulushlarda bo‘lib to‘lash sharti bilan savdoga chiqariladi.

Auksion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va xizmat ko‘rsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob do‘konlari, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlari barpo etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning oktabrida prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. Unga ko‘ra, Toshkentdagi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etilishi belgilangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yerusti metro yo‘nalishlari ostidagi yer maydonlari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi