1 313
Xaridorlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, 16,5 mln so‘m keshbek to‘plagan kassir aniqlandi
Davlat soliq qo‘mitasi xaridorlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, keshbek to‘plagan korxona kassiri bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro B.R. aprel oyida 443 ta 1,8 milliard so‘mlik cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazib, 18 183 656 so‘m keshbek to‘plagan. Shundan 1,6 mlrd so‘mlik 152 ta chek «AA» korxonasidan olingan bo‘lib, ularga 16 485 000 so‘mlik keshbek hisoblangan.
O‘rganish natijasida ushbu fuqaro «AA» korxonasida kassir lavozimida ishlashi ma’lum bo‘lgan. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar shubhali bo‘lgani sababli hisoblangan 16 485 000 so‘mlik keshbek summalari bekor qilingan.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli hisoblanadi.
Xarid chekini skanerlagan fuqarolarga keshbek qaytarish amaliyoti
2021 yilning oktabr oyida prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilingandi. Hujjat bilan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan hamda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekini QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
2022 yil 1 yanvardan xarid cheklarini «Soliq» mobil dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 foiz keshbekka ega bo‘lmoqda.
DSQ ma’lumotiga ko‘ra, endilikda chekda MXIK kodi to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha tovarlar (xizmatlar) uchun keshbek taqdim etiladi. Rad etish to‘liq xarid summasiga (butun chek uchun) emas, balki faqat ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan MXIK kodi ko‘rsatilgan mahsulot (tovar va xizmat)larga nisbatan qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi