Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni Xorazm viloyatiga keldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, davlati rahbari Urganch xalqaro aeroportida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tashrif chog‘ida Xorazmdagi sanoat korxonalarini borib ko‘rish, Xiva shahrini ziyorat qilish rejalashtirilgan.
Emomali Rahmonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifinining birinchi kuni
Emomali Rahmon O‘zbekiston prezidenti taklifiga binoan 2 iyun kuni ertalab yo‘lovchi reyslarini bajaruvchi samolyotda Toshkentga yetib keldi. Toshkent xalqaro aeroportida uni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tgan. So‘ng Ko‘ksaroyda Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham ishtirok etgan.
Shundan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazib, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.
Shuningdek, Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdi. Har ikki davlat rahbarlari Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi