Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Bosh vazirning o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha eksportchi va investorlarni qo‘llab-quvvatlashda yo‘l qo‘yilgan qoloqlik va kamchiliklar uchun intizomiy choralar ko‘rilgan.
Xususan, Bo‘zatov tumani va Zarafshon shahri hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘z lavozimlaridan ozod etilgan. Investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlamagani natijasida 32 ta investitsiya loyihasi muddatida ishga tushirilmagani hamda 395 ta yangi ish o‘rinlari kechiktirib yaratilgani uchun 19 nafar hokim o‘rinbosariga hayfsan e’lon qilingan.
Bundan tashqari, Shumanay, Chortoq va Konimex tumanlari hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish uchun 3 oylik sinov muddati belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi