
Foto: Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Chust tumanida «Zil» yuk mashinasi ag‘darilib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB YHXB holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 4R 112 Farg‘ona halqa yo‘lining «Chustnon»—«Do‘stlarobod» mahallalari hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Zil-130» rusumli yuk mashinasi hamda «VAZ-2106» rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi natijasida yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
«Hodisa natijasida har ikki transport vositasi texnik shikastlangan, haydovchi va yo‘lovchilar orasida jiddiy jarohat olganlar yo‘q», — deyiladi munosabatda.

Foto: Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar