20:03 / 06.06.2022
1 195

Qashqadaryoda dori olib berishini aytib, fuqarolarning pullarini tortib olgan talonchi ushlandi

Qashqadaryoda dori olib berishini aytib, fuqarolarning pullarini tortib olgan talonchi ushlandi
IIV huzuridagi tergov departamentining xabar berishicha, 2022 yilning 21 may kuni soat 17:00larda Qarshi tumani Gilamchi qishlog‘ida yashovchi 32 yoshli T.S. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Koson tumanida yashovchi 51 yoshli S.D. va 58 yoshli N.Z.ga arzon narxlarda dori vositalarini olib berishni aytib, ularni Qarshi shahar Nasaf ko‘chasida joylashgan dorixonaga aldab chaqirtirgan.

Ular dorixonaga kirgan vaqtda T.S. fuqaro S.D. dori sotib olish uchun o‘zi bilan birga olib kelgan 10 ming dollarni tortib olish uchun uni va N.Z.ning yuz qismiga urib ularga tan jarohati yetkazgan.

So‘ng S.D.ga tegishli bo‘lgan ayollar sumkasining ichida bo‘lgan 10 ming dollar va narxi 2,3 million so‘m bo‘lgan “Redmi not 9 pro” rusumli telefon apparatini olib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida T.S. qo‘lga olinib, undan 3,8 dollar va 1,8 million so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan T.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 166-moddasi 3-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda dori olib berishini aytib, fuqarolarning pullarini tortib olgan talonchi ushlandi