Toshkentda «Rayhon» milliy taomlar oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda «Rayhon» milliy taomlar oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
6 iyun kuni soat 18:37 da Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «Rayhon» milliy taomlar binosining tom qismida yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, yong‘in haqidagi xabarga asosan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in sabablari hamda yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniq emas.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar