11:01 / 07.06.2022
1 030

Samarqandda 2 kilo opiyni 30 ming dollarga sotayotgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi

Samarqandda 2 kilo opiyni 30 ming dollarga sotayotgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi
Samarqandda 2 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3 iyun kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Tog‘li va chegaradosh hududlardagi tezkor bo‘linmalari hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 42 yoshli Tojikiston fuqarosi Tayloq tumani «Galabotir» MFY hududida 2 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini ikki nafar fuqaroga 30 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 2 kilo opiyni 30 ming dollarga sotayotgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi