Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 37 yoshli qassobning murdasi tan jarohati bilan xonadonidagi kushxonadan topilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
«Xabar.uz»ning sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga tayanib yozishicha, qassobning o‘limiga bo‘yin old yuzasi yuqori qismidagi mushaklari qon tomirlari shikastlanishi ortidan qon ketishi natijasida vafot etgan. Shuningdek, murda ko‘zdan kechirilganda boshqa tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar ham aniqlangan.
«Holat yuzasidan o‘ttizdan ortiq shaxslar so‘roq qilingan. Ularning aksariyati marhumdan haqdorligi, qassobning qarzlari turli qora mol va qo‘ylarni nasiyaga olgani natijasida hosil bo‘lganini bildirgan», — deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura vakilining so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan haqiqatni aniqlash maqsadida bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, uni jinoyat qurboni bo‘lganini aniqlash imkoni yo‘qligini inobatga olib, 6 iyun kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar