17:50 / 07.06.2022
1 896

Andijonlik erkak ayollarga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirib kelgani aniqlandi

Andijonlik erkak ayollarga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirib kelgani aniqlandi
Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati
Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi erkak OITSga qarashli dispanser nazoratida turgan bo‘lsa-da, boshqalar OIV infeksiyasini yuqtirib kelgani aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shahrixonlik S.M. Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazida 2020 yilning mart oyida dispanser nazoratiga olingan bo‘lib, o‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirsa jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Mazkur ogohlantirishlarga qaramasdan fuqaro S.M ayollar Bo‘ston tumanida yashovchi M.D., Shahrixon tumanida yashovchi Yu.Sh. bilan bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo‘lib, OIV infeksiyasini yuqtirgani aniqlangan. Shuningdek, u Buloqboshi tumanida yashovchi R.N. bilan ham bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo‘lib, uni OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odamlar OITS (SPID) bilan yashab kelmoqda. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmagan bolalar tashkil etadi. Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normurodova 10 yillik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallikka chalingan bolalar yildan yilga kamayib borayotganini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik erkak ayollarga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirib kelgani aniqlandi