Davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz o‘tgan ikki hafta davomida respublikaning barcha mahallalarida saylov o‘tkazilib, 9 ming 349 nafar mahalla raislari saylangani ta’kidlab o‘tdi.
"Ushbu oqsoqollarni xalqimiz, birinchi galda, mahalla aholisi o‘ziga munosib ko‘rib, ishonch bildirgani bilan tabriklayman. Bir narsani aniq tushunish lozim. Mahalla raisi bo‘lish bu – juda katta mas’uliyat.
Mahalla raislari xalqimizni rozi qilishda, islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari boshini qovushtirib, xonadonbay muammolarni o‘rganib, hokimlar oldiga aniq masalalar qo‘yib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas’ul va javobgar bo‘ladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Bugun xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan aniq masalalar ham eng avvalo mahalladan boshlanishi, bir so‘z bilan aytganda, mahalla xizmatlar va servis markaziga aylanishi shartligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida hududlar rahbarlari va mutasaddilar axborot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar