23:32 / 07.06.2022
1 524

Soliq qarzlarini to‘lashni unutmang, aks holda...

Soliq qarzlarini to‘lashni unutmang, aks holda...
Majburiy ijro byurosining Quva tuman bo‘limi ish yurituvida Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasining 17.12.2020 yil kungi qaroriga asosan qarzdor “Quva Paxta Tozalash” AJ dan undiruvchi davlat foydasiga 725.792.456 so‘m soliq qarzdorligi undirish ko‘rsatilgan ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida bartaraf etilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Natijada qarzdor “Quva Paxta Tozalash” AJ ga qarashli bo‘lgan punktning bino-inshootlari hamda texnikalari soliq qarzdorligi evaziga Farg‘ona davlat soliq boshqarmasi xodimlari hamda xolislar ishtirokida xatlab olindi.

Yana bir holatda, Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan Oltiariq tuman Davlat soliq inspeksiyasining 10.03.2022 yildagi qarzdor "IMONA ATLAS" MCHJ dan undiruvchi Oltiariq tuman DSI foydasiga soliq qarzdorligi undirish xaqidagi ijro hujjati 10.03.2022 yilda ijroga qaratilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solinib, elektron tarzda inkasso topshiriqnomasi yuborilgan. Qarzdorga qarzdorlikni bartaraf etish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Berilgan ixtiyoriy muddat davomida qarzdorlik bartaraf etilmagach, majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi hamda 06.06.2022 yilda qarzdor "IMONA ATLAS" MCHJ dan 84.353.000 so‘m soliq qarzi va 5.593.000 so‘m ijro yig‘imi undirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzlarini to‘lashni unutmang, aks holda...