09:34 / 08.06.2022
2 065

Qashqadaryoda o‘g‘irlik qilgan fuqaro samosud qilindi

Qashqadaryoda o‘g‘irlik qilgan fuqaro samosud qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida o‘g‘irlik qilgan fuqaro samosud qilingani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat 6 iyun kuni Ko‘kdala tumani «Kattaqishloq oziq-ovqat dehqon» bozorida sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi R.Sh. ismli shaxs Cobalt avtomashinasidan 650 ming so‘m pul o‘g‘irlash holati bo‘yicha qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Samosud holati bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari boshlangan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda o‘g‘irlik qilgan fuqaro samosud qilindi