Dastlab gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov 2022 yilning 7 iyun kuni, ya’ni ushlab turilgan paytda ham «E-qaror» elektron tizimi orqali qarorlar qabul qilgan. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, 2022 yilning 7 iyun kuni Andijon shahar hokimining «Shaharda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha onlayn auksionga yer maydonlarini joylashtirish to‘g‘risida»gi ikkita qarori qabul qilingan. Ikkala qaror ham gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov tomonidan imzolangan.
Qarorlarda Andijon shahri «Bog‘i Eram» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ikkita 200 kv/metrdagi bo‘sh yer maydonlarini shahar hokimligi zaxirasida mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinishi hamda Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmasidan mazkur zaxiradagi yer maydonlarini davlat mulki sifatida Andijon shahar hokimligi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berishi so‘ralishi belgilangan.
Aniqlanishicha, Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 2022 yilning 6 iyun kuni 21 ta qaror va 4 ta farmoyishni imzolagan. Ularning aksariyatini shaharda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha onlayn auksion natijalarini tasdiqlashga oid qarorlarni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, shahar hokimi viloyatda Moliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish yuritgan paytida sheriklari bilan 48 milliard so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilgan. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Ayni kunga qadar yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi