
Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining 25.02.2022 yildagi O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari bilan ayblangan M.I.dan undiruvchi davlat foydasiga 63.889.500 so‘m jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi ish yurituviga 28.02.2022 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Davlat ijrochisining 01.03.2022 yildagi qaroriga asosan qarzdor M.Ining O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Majburiy ijro harakatlarini olib borish davomida, qarzdor M.I.dan 63.889.500 so‘m pul mablag‘i to‘liq undirib davlat hisobiga o‘tkazilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar