Foto: nampravda.uz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Haj va Umra ziyoratlariga borishda navbatga yozilish, uni onlayn kuzatib borish jarayonlarini ochiq va shaffof tizimga o‘tkazish hamda raqamlashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Fuqarolarning Haj va Umra safarlariga borish uchun navbatga turish va yuritishni to‘liq davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish orqali inson omilidan holi, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimni joriy etishga oid qonunchilik xatlovdan o‘tkazildi. Hozirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, shuningdek boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzilib, Haj va Umra ziyoratiga borish uchun navbatga yozilish va uni onlayn kuzatib borish jarayonlarini raqamlashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda», - deyiladi Kun.uz so‘roviga muvofiq taqdim qilingan ma’lumotda.
Hozircha, ushbu reja 2022 yildagi Haj-umra ziyorati mavsumidan boshlab ishga tushirilishi yoki tushirilmasligi ma’lum emas.
2021 yil 21 dekabr kuni Senatning ochiqlik qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov davlat tashkilotlarining ochiqlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar qatorida ushbu masalani ham ilgari surgan edi.
Xususan, agentlik fuqarolarning Haj va Umra safarlariga borish uchun navbatga turish va yuritishni to‘liq davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish orqali inson omilidan holi, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimni joriy etishni taklif qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 2022 yilgi Haj ziyorati narxlari 62,9 million so‘mga qimmatlaganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi